Yangiliklar
Toshkent viloyatida bitta issiqxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, tizimga 605 million soʻmlikdan ziyod zarar yetkazganligi aniqlandi
19.02.2024 1

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar, shuningdek, “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida oʻtkazilgan navbatdagi nazorat tadbirida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Xususan, Qibray tumanida joylashgan “M.O.A.P.” MCHJga qarashli issiqxona xoʻjaligi gaz taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelganligi bois tarmoqdan ajratilgan.

Biroq, shunga qaramasdan, issiqxona xoʻjaligi egalari gaz quvurining kirish qismidagi zulfinlarga oʻrnatilgan tamgʻalarni oʻzboshimchalik bilan uzgan holda, tarmoqqa qayta ulanib, 7 dona isitish qozoni orqali tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanib kelayotgan ekan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 605,3 mln soʻm (403,5 ming kubometr tabiiy gaz)ni tashkil etgan.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun