Yangiliklar
Toshkent shahrida tizimga 680 mln soʻmdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyatiga chek qo‘yildi
26.03.2024 1

Davlat xavfsizlik xizmati, “Oʻzenergoinspeksiya” va Bosh prokuratura hamda elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirida Toshkent shahri, Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro F.X. koʻp qavatli uydagi yashash xonadonining yertoʻlasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. 

Ushbu holat bo‘yicha 680 mln soʻm (461,4 ming kilovatt⋅soat) miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro F.X. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.