Yangiliklar
Tadbirkorlik subyektlarida reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalardan foydalanish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda
30.04.2024 1

“Oʼzenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarida energiya resurslaridan samarali foydalanish va reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan targ‘ibot ishlari bilan birgalikda tegishli chora-tadbirlar ham olib borilmoqda. 

Unga ko‘ra quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan isteʼmolchilar uchun reaktiv quvvat kompensatsiyalanishi shart. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni qo‘llash tarmoqdan isteʼmol qilinadigan quvvatni kamaytirishning eng taʼsirchan va samarali usuli hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning shu vaqtga qadar reaktiv quvvat kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘natish yuzasidan Inspeksiya tomonidan berilgan ko‘rsatmalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlanmagan 842 ta iste’molchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Ta’kidlash joizki, isteʼmolchilarni elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishiga va elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlashi uchun reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalardan foydalanishi lozim.

Calendar of events

Calendar of events

    < 05 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun