Yangiliklar
Tabiiy gaz tarmog‘i qurilmalarining texnik holati hamda ularni ishlatishda texnologik talablarga rioya etilishini taʼminlanishi bo‘yicha doimiy nazorat ishlari olib borildi
29.12.2023 1

Joriy yil yakuniga ko‘ra Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan energetika obyektlarida tabiiy gazni ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida gaz tarmog‘i qurilmalarining texnik holati hamda ularni ishlatishda texnologik talablarga rioya etilishini  taʼminlanishi bo‘yicha doimiy nazorat ishlarini olib bormoqda. Xususan:

“Hududgazta’minot” AJ tomonidan rejaga asosan jamiyatga qarashli gaz tarmoqlarining 116 km uzunlikdagi qismi mukammal taʼmirlandi hamda 148 km uzunlikdagi qismi rekonstruksiya qilindi va 3 102 km uzunlikdagi gaz tarmoqlarida bo‘yoqlash ishlari bajarilgan. Shuningdek, yuqori va o‘rta bosimli 250 ta gaz taqsimlash nuqtalarining  mukammal taʼmirlanib, 62 ming 799 ta gaz taqsimlash nuqtalari to‘liq  taftishdan o‘tkazildi.

“O‘ztransgaz” AJ tomonidan rejaga asosan jamiyatga qarashli 106,3 km uzunlikdagi magistral gaz tarmog‘i yangidan qurildi hamda  80,7 km magistral gaz tarmoqlari mukammal taʼmirlandi.

Amalga oshirilgan ishlar Inspeksiya tomonidan joyiga chiqgan holda o‘rganib borildi. Mazkur nazorat ishlari davomida aniqlangan kamchiliklar nazoratga olinib, ularning bartaraf etilishi ta’minlandi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun