Yangiliklar
So‘nggi 1 oyda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida davlat manfaatlariga 67 mlrd 825 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi
04.06.2024 1

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda may oyida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 971 ta holatda isteʼmolchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

Bunda 39 mlrd 332 mln soʻmlik elektr energiyasi (46 mln 264 ming kilovatt-soat) va 28 mlrd 492 mln so‘mlik tabiiy gaz (18 mln 124 ming metr kub) talon-toroj qilinishi natijasida davlat manfaatlariga jami 67 mlrd 825 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi — Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 07 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun