Yangiliklar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O‘zenergoinspeksiya”ning sohada davlat nazoratini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlarning holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi
26.06.2024 1

Ma’lumki, shu yilning may oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib chiqarish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va iste’mol qilish, ularning saqlanishini ta’minlash sohasida davlat nazoratini amalga oshirish borasidagi ishlar holati Qashqadaryo viloyati misolida nazorat-tahlil tartibida o‘rganilgan edi.

Ma’lumki, shu yilning may oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib chiqarish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va iste’mol qilish, ularning saqlanishini ta’minlash sohasida davlat nazoratini amalga oshirish borasidagi ishlar holati Qashqadaryo viloyati misolida nazorat-tahlil tartibida o‘rganilgan edi.

Bugun, 26-iyun kuni mazkur o‘rganish yakunlaridan kelib chiqib, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining ushbu sohada olib borilayotgan ishlarning holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

 

/storage/photos/shares/photo_2024-06-26_19-58-09.jpg

 

Unga ko‘ra energetika tizimi korxonalari va tadbirkorlik subyektlariga amaldagi qoidalarga asosan 226 marta tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazilgan. Mazkur tekshiruvlarda 14 372 ta qoidabuzarlik aniqlanib, quvvati 3550,4 kVt bo‘lgan 36 ta elektr qurilma tarmoqdan ajratilgan. 2440 nafar mas’ul xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, 6 ta brigada ishi to‘xtatilgan. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga 966 ta yozma ko‘rsatma berilib, 685 tasining bajarilishi ta’minlangan.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, energiya samaradorligi bo‘yicha energoauditorlar tomonidan 147 ta korxonada energetika tekshiruvlari o‘tkazilgan. Shu bilan birga, respublika bo‘yicha 9 503 ta mahalla kesimida 3,9 mlrd. kVt.s elektr energiya hamda 2,3 mlrd. m3 tabiiy gazni iqtisod qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ularning bajarilishi nazoratga olingan.

 

/storage/photos/shares/photo_2024-06-26_20-01-45 (2).jpg

Tizim korxonalari tasarrufidagi obyektlarda, xususan, ijtimoiy soha muassasalari hamda ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilgan. Ushbu jarayonda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilgan.

Munozaralarda yoqilg‘i-energetika sohasida hududlarda ayrim yoqilg‘i-energetika tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmayotgani holati deputatlarning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Shundan kelib chiqib, yoqilg‘i-energiya resurslarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, ularning saqlanishini ta’minlash sohasida davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Eshituv yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 07 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun