Yangiliklar
Sirdaryoda metan “zapravka” 62 mlrd 488 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
12.01.2024 1

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Xususan, Boyovut tumanida joylashgan “B.” MCHJga qarashli AGTKSHga tortilgan gaz quvuri ko‘zdan kechirilganida, gaz hisoblagichdan oldin yer ostidan shoxobcha hududiga gaz quvuri olib kirilib, rezina shlang orqali tabiiy gazni sotishga yo‘naltirilgan holda undan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Buning natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori jami 62 mlrd 488 mln so‘mni tashkil etgan.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

“O‘zenergoinspeksiya” Axborot xizmati

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun