Yangiliklar
Samarqand viloyatida 2,2 mlrd soʻmlikdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati toʻxtatildi
14.12.2023 1

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Bu kabi noqonuniy faoliyatlarga chek qo‘yish borasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya”, DXX va huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutaxassislari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida navbatdagi o‘tkazilgan nazorat tadbirida Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.A. ga tegishli noturar bino  yerto‘lasida 25 dona mayning qurilmasi elektr tarmog‘iga yashirin ravishda ulangan holda noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga koʻra, ushbu noqonuniy foydalanish holati natijasida davlat manfaatlariga 2 mlrd 237 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Bu kabi noqonuniy faoliyatlarga chek qo‘yish borasidagi tadbirlar davom etmoqda.


“Oʻzenergoinspeksiya” Axborot xizmati

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun