Yangiliklar
Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish qurilmalarini o‘rnatish evaziga tadbirkor 10-15 foizga elektr energiyasini iqtisod qilinishiga erishmoqda
23.08.2024 1

“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda viloyati prokuraturasi tomonidan Qarshi shahri “Paxtazor” MFYda joylashgan “ASA Busines” xususiy korxonasida energiya tejamkorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida, mazkur korxona 1 oyda reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirmaganligi uchun 3,5 mln so‘m atrofida elektr energiyasiga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirgan. Korxona reaktiv energiyani kompensatsiya qiluvchi qurilmani o‘rnatgandan so‘ng, 10-15 foizga energiyani tejalishi hamda tarmoqdan olayotgan reaktiv quvvat iste’molini minimal darajaga tushirish orqali elektr energiyasi uchun ortiqcha to‘lovlardan iqtisod qilinishi ko‘zlanmoqda. 

Tadbir davomida tadbirkorga tavsiya etilgan quvvati 60 kVAr reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish qurilmalari o‘rnatildi. 

Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari davom etmoqda

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun