Yangiliklar
Jizzax viloyatida 490 mln soʻmlikdan ziyod zarar keltirgan 2 ta mayning fermasi faoliyati toʻxtatildi
15.02.2024 1

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura, DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan, Sh.Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.M. (oʻz yashash xonadonida) va Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro O.O. (o’ziga tegishli sartaroshxonaning qo‘shimcha xonasida) kripto-aktiv va mayning qurilmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi ma’lum bo’ldi. 

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga koʻra, ushbu noqonuniy foydalanish holatlari natijasida davlat manfaatlariga 490 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun