Yangiliklar
Iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, tizimda noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish yuzasidan profilaktika ishlari olib borilmoqda
12.01.2024 1

“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun tashkil etilgan navbatdagi tadbirda elektr energeyasi va tabiiy gaz yo‘nalishlaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun-qoidalar, normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Yig‘ilishda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, tizimda o‘g‘irlik va talon-torojliklarni oldini olish hamda yetkazib berilgan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun to‘lovlarni undirish bo‘yicha kelgusida bajarlishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Shuningdek, tadbir davomida yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi, isteʼmolchilarga quvvati 20 kilovattdan ortiq bo‘lgan isteʼmol obyektlariga energiya yetkazib berish loyihalarini kelishish to‘grisida ham tegishli talablar belgilanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning  barcha savollariga batafsil javoblar berildi.

“O‘zenergoinspeksiya” Axborot xizmati

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun