Yangiliklar
Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
06.01.2024 1

Isteʼmolchi elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki “ELEKTR” dasturiy taʼminoti (Onlayn platforma) orqali ro‘yxatdan o‘tadi. So‘rovnoma to‘ldirilib, tegishli maʼlumotlar taqdim etiladi. 

✅ Xizmat uchun BHMning 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Isteʼmolchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun Onlayn platforma orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat etganda yig‘im undirilmaydi.

✅ Isteʼmolchi murojaat etgan kundan boshlab 3 ish kunida elektr tarmoqlariga ulanishni rad etgan taqdirda, tegishli to‘lov summasi isteʼmolchiga 3 ish kunida qaytarib beriladi.

✅ Ulanadigan quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish talab etilmaydi. Bunda HETK tomonidan ishlab chiqilgan elektr tarmoqlariga ulash sxemasi elektr taʼminoti loyihasi hisoblanadi va uni kelishish talab etilmaydi.

✅ Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash belgilangan muddatlarda tabaqalashgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun