Yangiliklar
Isteʼmolchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 10 ming 369 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi
21.12.2023 1

Texnik shartlarning bajarilishi barcha isteʼmolchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Joriy yilning shu vaqtiga qadar Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan isteʼmolchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jami 10 ming 369 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 7 ming 364 ta isteʼmolchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulandi. 

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga tegishli 3 ming 47 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari kelishilib, shundan 659 ta obyektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.

Shuni yodda tutingki, texnik shartlarsiz elektr taʼminotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi (https://t.me/Energoinspeksiya/3244).

Texnik shartlarning bajarilishi barcha isteʼmolchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

 

“Oʻzenergoinspeksiya”  Axborot xizmati

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun