Yangiliklar
Farg‘ona viloyatidagi yoqilg‘i quyish shaxobchalarida neft mahsulotlari sifati yuzasidan nazorat tadbirlari otkazilmoqda
20.12.2023 1

Mazkur holat yuzasidan mahsulot sifatini tiklash boyicha ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi va viloyat departamenti hamkorligida neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish boʻyicha joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahri va Yozyovon tumanida olib borilgan sifat nazorati tadbirlarida 5 ta xususiy avtomobillarga yoqilgi quyish shaxobchasining zahirasidagi 19 ming 582 litr bo‘lgan AI-80 markali avtobenzindan olingan namunalar Markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra davlat standarti talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan mahsulot sifatini tiklash boyicha ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.

 

“Oʻzenergoinspeksiya” Axborot xizmati

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun