Yangiliklar
Energiya samaradorligi va muqobil energiya manbalaridan unumli foydalanishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
15.12.2023 1

Seminarda Prezidentimizning 2023-yilda "Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va uning mazmun-mohiyati hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushuntirish berildi. 

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tashkil etilgan ushbu seminarda sanoat korxonlari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida energiya resurslari isteʼmolini hisobga olish, tahlil qilish va prognozlash axborot tizimini joriy etish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda elektr va issiqlik energiyasi tejamkorligiga erishish mavzularida fikr-mulohaza almashildi.

Seminarda Prezidentimizning 2023-yilda "Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va uning mazmun-mohiyati hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushuntirish berildi. 

Seminar davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.

 

“O‘zenergoinspeksiya” Axborot xizmati

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun