Yangiliklar
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanayotgan iste’molchilarga nisbatan qat’iy choralar ko’rish yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda
13.02.2024 1

Joriy yilning 12-fevral kuni Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan 76 holat aniqlandi.

Inspeksiya tomonidan respublikamizning barcha hududlarida 913 ta profilaktik tadbiri o‘tkazilib, ta’minotchi korxonalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 72  ta obyekt o‘rganildi. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 25 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi. 

Reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarida tushintirish ishlari olib borilib, 933 ta iste’molchiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun