Yangiliklar
Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflaganlik uchun qanday javobgarlik borligidan xabardormisiz?
16.03.2024 1

Ма’lumki, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish (kunning yorug‘ vaqtida chiroqlarni yoqib qo‘yish), yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish holatlari uchun javobgarlik mavjud.

Joriy yilning shu vaqtiga qadar isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 1 ming 484 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi. Xususan, ushbu aniqlangan holatlarning 
214 tasi elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarlik hisoblanadi.

Shuni ta’kidlash joizki, bu kabi qoidabuzarlik uchun mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga BHM 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solinishini yodda tuting.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun