Yangiliklar
Elektr tarmoqlari obyektlarining muhofaza zonalarida noqonuniy qurilgan 9 ming 57 ta obyekt aniqlandi
21.12.2023 1

Taʼkidlash kerakki, ushbu muhofaza maydonlari hududida qurilgan obyektlar eng avvalo insonlar uchun xavfli boʻlib, bunday qurilishlar tegishli maxsus ruxsatnomalar orqali amalga oshiriladi.

Joriy yilning shu davriga qadar Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr tarmoq xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalarida noqonuniy qurilgan 9 ming 57 ta obyekt aniqladi.

Taʼkidlash kerakki, ushbu muhofaza maydonlari hududida qurilgan obyektlar eng avvalo insonlar uchun xavfli boʻlib, bunday qurilishlar tegishli maxsus ruxsatnomalar orqali amalga oshiriladi.

Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi elektr uzatish tarmoqlari hududida 8 ming 357 ta, ”Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi elektr uzatish tarmoqlari hududida esa 700 ta obyekt aniqlanib, belgilangan talablar boʻyicha dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, aniqlangan 7 ming 636 ta obyekt boʻyicha mahalliy hokimliklar va sudlarga hujjatlar taqdim etilgan boʻlib, ushbu noqonuniy qurilishlarni xavfsiz hududlarga koʻchirish yuzasidan ish olib borilmoqda. Ayni vaqtgacha 91 ta obyekt xavfsiz hududlarga koʻchirildi.

Eslatib oʻtamiz, muhofaza zonasi – elektr uzatish tarmogʻi boʻylab chetki simlaridan har ikkala tomonga vertikal tekislik bilan chegaralangan yer maydoni va havo boʻshligʻidan iborat maydon. Mazkur hududda uy, bino, issiqxona va hokazolar qurish, har qanday qurilish ishlarini olib borish qatʼiyan taqiqlanadi.

Quyidagi havolaga oʻtib, elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining belgilangan normalarga asosan muhofaza zonalari haqida maʼlumot olishingiz mumkin.

 

“Oʻzenergoinspeksiya” Axborot xizmati

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun