Yangiliklar
Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qanday javobgarlik borligidan xabardormisiz?
18.03.2024 1

Ма’lumki, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlari uchun javobgarlik mavjud.

Joriy yilning shu vaqtiga qadar “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan yuqoridagi huquqbuzarliklar bo‘yicha 368 ta iste’molchiga maʼmuriy ish rasmiylashtirildi. Xususan, ushbu aniqlangan holatlarning 100 tasi elektr energiyasi, 268 tasi esa tabiiy gazga o‘zboshimchalik bilan ulanish va hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashish holatlari bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarlik hisoblanadi.

🔘Shuni ta’kidlash joizki, bu kabi qoidabuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 

🔘O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar hamda inshootlarni elektr energiyasi, issiqlik va gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan elektr, issiqlik va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulagan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga BHM 70 baravaridan 85 baravarigacha miqdorida jarima solinishini yodda tuting.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun