Yangiliklar
Dekabr oyining 15 kunida ayrim isteʼmolchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishlari natijasida davlat manfaatlariga 73 mlrd 274 mln soʻmlik zarar yetkazilgan
19.12.2023 1

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” DXX, Bosh prokuratura, elektr va gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda dekabr oyining 15 kunida oʻtkazgan nazorat tadbirlarida 411 nafar isteʼmolchining tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi natijasida davlat manfaatlariga jami 73 mlrd 274 mln soʻmlik zarar keltirilganligini aniqladi.

Misol uchun, Toshkent viloyatida 20 ta holatda tizimga 25 mlrd 293 mln soʻmlik, Toshkent shahrida 30 ta holatda tizimga 11 mlrd 308 mln soʻmlikdan ziyod va Fargʻona viloyatida 52 ta holatda tizimga 7 mlrd soʻmlikdan ziyod energoresurslar talon-toroj qilingan.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Ushbu resurslarga talab ortgan paytda ham ulardan ayrim “tadbirkor”larning noqonuniy va oʻgʻrincha foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga hamda energiya resurslar taʼminoti barqarorligiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Hurmatli tadbirkorlik subyektlari, elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang!


“Oʻzenergoinspeksiya” Axborot xizmati

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun