Yangiliklar
Brifing: Joriy yilning shu kuniga qadar 2 ming 156 ta isteʼmolchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi
13.03.2024 1

Unga ko‘ra 88 mln 529 ming metr kub tabiiy gaz va 77 mln 366 ming kilovatt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami  215 mlrd  648 mln so‘m zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

Unga ko‘ra 88 mln 529 ming metr kub tabiiy gaz va 77 mln 366 ming kilovatt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami  215 mlrd  648 mln so‘m zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

So‘ngi ikki oyda kripto aktiv va mayning faoliyati bo‘yicha elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan isteʼmolchilarni aniqlash yuzasidan  o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 42 ta holat aniqlandi. Ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan elektr taʼminoti korxonasi tomonidan jami  26 mlrd 82 mln so‘m miqdori qayta hisob-kitob qilindi.

Isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 1 ming 484 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi. 

Inspeksiyaning nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida xususiy avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 22 ta holatda 131 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.

Inspeksiya tomonidan isteʼmolchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha so‘ngi ikki oyda jami 1 ming 692 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 979 ta isteʼmolchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulandi. Shuningdek, energetika obyektlariga tegishli 259 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari kelishilib, shundan 189 ta obyektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun