Yangiliklar
BRIFING: Energetika tizimida qonun hujjatlari ijrosi va davlat nazoratini amalga oshirish
08.07.2024 1

Joriy yilning olti oy davomida Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan  huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 4 ming 537 ta isteʼmolchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.

Joriy yilning olti oy davomida Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan  huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 4 ming 537 ta isteʼmolchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.

Unga ko‘ra 163,3 mln metr kub tabiiy gaz (249 mlrd 312 mln so‘m) va 220,7 mln kilovatt-soat elektr energiyasidan (300 mlrd 977 mln so‘m) noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga
jami
 550 mlrd  290 mln so‘m zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

Xususan, 89 ta AGTKSH, 94 ta issiqxona, 94 ta tekstil korxona va 2 ta ohak ishlab chiqarish sexlari faoliyatida noqonuniy va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.

Shuningdek,  kripto aktiv va mayning faoliyati bo‘yicha elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan isteʼmolchilarni aniqlash yuzasidan  o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 75 ta holat aniqlandi. Ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan elektr taʼminoti korxonasi tomonidan jami 81 mlrd 604 mln so‘m (15 mln 909 ming kilovatt-soat) miqdori qayta hisob-kitob qilindi.

Isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 3 ming 382 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.

Xususan, o‘tkazilgan nazorat tabirlarida aniqlangan holatlarning 1 ming 904 tasi elektr energiyasi, 1 ming 478 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi maʼlum bo‘ldi.

Inspeksiyaning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida
AYOQSH va korxonalardan  olingan tahlil naʼmunalaridan 91 ta holatda 3 mln 789 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.

Inspeksiya tomonidan isteʼmolchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy quvvati 989 MVt bo‘lgan jami 5 ming 383 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 3 ming 486 ta isteʼmolchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanishiga ruxsat berildi.

Shuningdek, energetika obyektlariga tegishli 673 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari kelishilib, shundan 358 ta obyektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.

Reaktiv energiyasini kompensatsiya qilinishi bo‘yicha quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan isteʼmolchilarga 23 mingdan ziyod yozma ko‘rsatmalar berildi hamda 2 ming 923 ta isteʼmolchida reaktiv energiyasini kompensatsiya qilish bo‘yicha qurilmalarni o‘rnatilishi taʼminlandi. Berilgan yozma ko‘rsatmalarni bajarmagan 927 ta isteʼmolchiga maʼmuriy bayonomalar tuzildi.

Energoauditorlar tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslari isteʼmolchilarini energetika tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan 67 ta dastur ko‘rib chiqilib, shundan 41 tasining kamchiliklari ko‘rsatilgan holda qaytarildi. Shuningdek, korxonalarda energoaudit tekshiruvi o‘tkazilishini jadallashtirish yuzasidan 375 ta korxonaga ko‘rsatmalar berildi.

 Yoqilg‘i energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha 45 469 ta isteʼmolchilarga profilaktika tadbiri o‘tkazildi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 5 757 ta ijtimoiy soha obyekti, 2 756 ta ko‘p qavatli uylar elektr taʼminoti hamda  5 329 ta elektr va gaz taʼminoti korxonalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. Mazkur tayyorgarlik ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli masʼullarga ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan 1 ming 721 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 615 tasi ijobiy hal qilingan, 1 ming 68 tasiga tushuntirish berilgan, 38 tasi o‘rganish jarayonida.

Energiya resurslaridan ayrim “tadbirkor”larning noqonuniy foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga hamda energiya resurslar taʼminoti barqarorligiga jiddiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

Hurmatli tadbirkorlik subyektlari, elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashish yo‘li bilan qonunga zid ravishda foydalanish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar ko‘rilishini unutmang!