Yangiliklar
Bir kunda 50 ta isteʼmolchi elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish bo‘yicha qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi
18.01.2024 1

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” ishchi guruhlari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida tezkor nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” ishchi guruhlari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida tezkor nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, joriy yilning 16-yanvar kuni o‘tkazilgan nazorat tabirlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish bo‘yicha 50 ta isteʼmolchi tomonidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 37 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi. 

Ishchi guruh tomonidan hududlarda 148 ta profilaktik tadbir o‘tkazildi hamda ta’minotchi korxonalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 53 ta obyekt o‘rganildi. 

Shuningdek, reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘natish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarida tushintirish ishlari olib borilib, 300 ta iste’molchiga nisbatan tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun