Yangiliklar
Ayrim do‘konlarda konditsioner qo‘shilgan bo‘lishiga qaramasdan eshik ochiq qoldirilgan holatlar kuzatilmoqda — bu esa konditsionerning energiya sarfini 30-50 foizga ko‘paytiradi
24.06.2024 1

Ayni kunlarda yurtimizning turli joylarida energiya resurslaridan behuda foydalanish holatlariga duch kelmoqdamiz. Misol uchun ba’zi savdo do‘konlarida eshik ochilgan holda konditsioner ishlatib qo‘yish yoki kunning yorug‘ vaqtida ham yoritish chiroqlaridan foydalanish kabi holatlarni uchratish mumkin.

Ayni kunlarda yurtimizning turli joylarida energiya resurslaridan behuda foydalanish holatlariga duch kelmoqdamiz. Misol uchun ba’zi savdo do‘konlarida eshik ochilgan holda konditsioner ishlatib qo‘yish yoki kunning yorug‘ vaqtida ham yoritish chiroqlaridan foydalanish kabi holatlarni uchratish mumkin.
 
Yuqoridagi video va fotolavhalardagi holatlarning ko‘pchiligida do‘konlarda konditsioner qo‘shilgan bo‘lishiga qaramasdan eshik ochiq qoldirilgan holatlarga guvoh bo‘ldik. Unitmang, eshik ochiq qoldirilganda konditsionerning ishlashi 30-50 foizga ko‘payadi. Bu holatda 1.5 kVt quvvatli konditsioner 2.25 kVt⋅soat energiya sarflashi mumkin. 
 
Joriy yilning shu vaqtiga qadar “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan iste’molchilarni energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 3 ming 160 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi. Xususan, ushbu aniqlangan holatlarning 357 tasi elektr energiyasini behuda sarflash bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarlik hisoblanadi. 

Ma’lumki, elektr energiyasini behuda sarflash, ya’ni muntazam ravishda zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik (kunning yorug‘ vaqtida chiroqlarni yoqib qo‘yish) yoki yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish holatlari uchun javobgarlik mavjud.

Shuni ta’kidlash joizki, bu kabi qoidabuzarlik uchun mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday, huquqbuzarlik takroran sodir etilsa, mansabdor shaxslarga BHM 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solinishini yodda tuting. 

Hurmatli Iste’molchilar, elektr energiyasidan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanishingizni, zarur bo‘lmagan hollarda esa, elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yishingizni so‘raymiz!

Calendar of events

Calendar of events

    < 06 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun