Yangiliklar
Andijon shahrida 4 tonnadan ziyod “Ai-92” markali benzin yoqilg‘isini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
09.03.2024 1

Ichki ishlar vazirligining Andijon viloyat boshqarmasi va “Oʻzenergoinspeksiya” Andijon viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahri, “Ishchilar” MFY istiqomat qiluvchi fuqaro M.Sh. o‘z xonadonida texnik talablarga zid ravishda benzin yoqilg‘isini sotayotganligi malum bo‘ldi. 

Xususan, ushbu xonadonda bo‘lgan yuk avtomashinadan jami 4 tonna 910 litr Ai-92 markali benzin yoqilg‘isini bo‘sh yelim idishlarga quyib olinayotganda aniqlandi. Olib borilgan surishtiruv ishlar natijasida ushbu benzin yoqilg‘isini Farg‘ona shahrida joylashgan “MChJ"ga qarashli korxonadan hech qanday hujjatlarsiz (yuk xati, shartnomasiz, sertifikatsiz) jami 47 mln 900 ming so‘mga sotib olinganligi ma’lum bo’ldi. 

Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun