Yangiliklar
4 ming 258 ta iste’molchida reaktiv quvvat kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatilishi taʼminlandi
27.11.2023 1

Elektr energiyasini tarmoqlar bo‘ylab uzatishdagi texnologik sarflarni kamaytirish choralari ko‘rilmoqda

Joriy yilning shu vaqtiga qadar “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan isteʼmolchilarda energiya resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan berilgan ko‘rsatmalarga asosan 4 ming 258 ta iste’molchida jami 1 mln 73 ming kVar quvvatga ega bo‘lgan reaktiv quvvat kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatilishi taʼminlandi. 

Isteʼmolchilarni elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishiga va elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlash omili hisoblangan ushbu qurilmalardan foydalanishda ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yishmoqda. 

Xususan, reaktiv quvvat kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘natish yuzasidan berilgan ko‘rsatmalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlanmagan 182 ta iste’molchi elektr tarmog‘idan ajratilib, ularga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.

Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

“O‘zenergoinspeksiya” Axborot xizmati

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun