Yangiliklar
2 ta isteʼmolchi tizimga 2 mlrd 721 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi
23.11.2023 1

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasi va gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasi va gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:

Pastdarg‘om tumanida joylashgan “U. M.” fermer xo‘jaligi elektr hisoblagich ulanish sxemasini buzganligi aniqlanib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr taʼminot korxonasiga 1 mlrd 824 mln so‘m;

Pastdarg‘om tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “N.P.L.” oilaviy korxonasiga qarashli oshxona  shartnomasiz va hisoblagichsiz gaz tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra tizimga 897,6 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 09 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun