Yangiliklar
So‘nggi ikki oyda quvvati 472 MW bo’lgan 1692 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi
05.03.2024 1

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan isteʼmolchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha so‘ngi ikki oyda jami 1 ming 692 ta obyektning (quvvati 472 MW) elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 979 ta isteʼmolchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulandi. 

Shuningdek, energetika obyektlariga tegishli 259 ta obyektning (quvvati 19,8 MW) elektr taʼminoti loyihalari kelishilib, shundan 189 ta obyektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.

Shuni yodda tutingki, texnik shartlarsiz elektr taʼminotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Texnik shartlarning bajarilishi barcha isteʼmolchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 04 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun