Yangiliklar
Reaktiv quvvat kompensatsiyasi qilinishi qanday ahamiyatga ega ekanligidan xabardormisiz?
27.03.2024 1

Har qanday iqtisodiy rivojlanish energiya taʼminoti bilan bog‘liq ekanligi barchaga ayon. Elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanish uchun reaktiv quvvat kompensatsiyasiya qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Har qanday iqtisodiy rivojlanish energiya taʼminoti bilan bog‘liq ekanligi barchaga ayon. Elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanish uchun reaktiv quvvat kompensatsiyasiya qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

2018-yil 5-sentabrdagi “Reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatishda texnologik sarflarni kamaytirish hamda reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish “O‘zenergoinspeksiya” vakolatiga kiritilgan.

 Unga ko‘ra hisoblangan aktiv quvvati 50 kW emas, balki 20 kW dan kam bo‘lgan isteʼmolchilar (sanoat korxonalari va ularga tenglashtirilgan elektr energiyasi isteʼmolchilari) uchun reaktiv quvvat kompensatsiyalanishi shart. 

Yirik sanoat korxonalarida bu masala yana-da dolzarb sanaladi. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni qo‘llash tarmoqdan isteʼmol qilinadigan quvvatni kamaytirishning eng taʼsirchan va samarali usuli hisoblanadi. U 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi RQKQning turi, quvvati, ulanish joyi va ishlash rejimini tanlash masalalarini o‘z ichiga oladi.

Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni qo‘llash – isteʼmolchilarni elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishiga va elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlashiga sabab bo‘ladi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 04 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun