Yangiliklar
Fermer xo‘jaligi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 3 mlrd soʻmdan ziyod zarar yetkazganligi aniqlandi
28.03.2024 1

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va “O‘zenergoinspeksiya” Xorazm hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirida Urganch tumanida faoliyat yurituvchi “M.” fermer xo‘jaligiga qarashli binoda 11 ta isitish qozonlarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha 3,3 mlrd soʻm miqdoridagi hisobga olinmagan tabiiy gaz qayta hisob-kitob qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Calendar of events

Calendar of events

    < 04 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun