O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ENERGETIKA VAZIRLIGI
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT INSPEKSIYASI “O'ZENERGOINSPEKSIYA”

Раҳбарият

Egamberdiyev Umarjon Usmonaliyevich
"O‘zenergoinspeksiya" boshlig‘i

Qabul kunlari: Dushanba-Juma, soat 09:00 dan 11:00 gacha.
Telefon: (71) 233-65-82
Faks: (71) 236-33-50
Elektron pochta: u.egamberdiev@uzenergoinspeksiya.uz

1969-yil 21-dekabrda Toshkent viloyatining Angren shahrida tug‘ilgan.
1994-yil Toshkent  davlat texnika universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyatining Angren energo rangli metal ishlab chiqarish qo‘shma korxonasi, Angren GRESning issiqlik avtomatikasi va elektr o‘lchovlari sexi, Toshkent elektr tarmoqlari korxonasi energonazorat, Angren tumani elektr tarmoqlari korxonasi, “Toshkent elektr tarmoqlari” ОАJ, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, Yoqilg‘i-energetika kompleksi, Kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari Axborot-tahlil Departamentida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

2011-2019-yillarda “O‘zenergonazorat” inspeksiyasinig boshlig‘i o‘rinbosari va 2019-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritmoqda.


Yuldashev Akbarxon Abbasovich
"O‘zenergoinspeksiya" boshlig‘i o‘rinbosari 

Qabul kunlari: Dushanba-Juma, soat 09:00 dan 11:00 gacha.
Telefon: 71 233-89-28
Faks: 71 236-33-50
Elektron pochta: a.yuldashev@uzenergoinspeksiya.uz


1975-yil 20-oktabrda Qashqadaryo viloyatinig Kitob tumanida tug‘ulgan. 

1997-yil Qarshi muhandislik iqtisodiyot instutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida “SHahrisabz elektr tarmoqlari” sho‘ba korxonasi, “O‘zbekenergo” DAK, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, Yoqilg‘i-energetika kompleksi, Kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari Axborot-tahlil Departamenti,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoninig Fuqarolar huquqini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishni nazorat qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

2019-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.