ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЭНЕРГЕТИКА ВАЗИРЛИГИ
ЭЛЕКТР ЭНЕРГЕТИКАДА НАЗОРАТ ИНСПЕКЦИЯСИ “ЎЗЭНЕРГОИНСПЕКЦИЯ”

Ijtimoiy soha ob’ektlarida ko‘mir yoqilg‘isini saqlash va elektr qurilmalaridan foydalanishda amaldagi talablarga zid holatlar aniqlandi

09.09.2021 49
Ijtimoiy soha ob’ektlarida ko‘mir yoqilg‘isini saqlash va elektr qurilmalaridan foydalanishda amaldagi talablarga zid holatlar aniqlandi Kuz-qish mavsumida energiya resurslaridan xavfsiz, oqilona va samarali foydalanish hamda elektr taʼminoti obʼektlarida avariyalarning oldini olish muhim omil. Mavsumga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini belgilangan meʼyorlarda olib borilishini taʼminlash maqsadida ijtimoiy soha muassasalarida elektr va issiqlik qurilmalari foydalanishi hamda ko‘mir yoqilg‘isini saqlanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Navoiy viloyati Xatirchi tuman xalq ta`limi bo‘limi qarashli 50-sonli umum ta`lim maktabida 3-dona KOK-80 isitish qozonlari mavjud bo‘lib, qozonlar ekspluatatsiyaga noloyiq ahvolda kelib qolgan ya`ni qozonlarning tashqi qismi ta`mir talab ahvolda. Ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoj 57,5 tonna bo‘lsada, amalda yoqilg‘i olingan shundan 20 tonnasi qo‘l bola usulda yasalgan avariya holatida bo‘lgan bino ichida joylashtirilib qolgan 37 tonnasi binoning old qismida tushirilgan. Ko‘mir saqlash omborxonasi talablarining 7-bandiga zid ravishda ya`ni, binoning tom qismi yonmaydigan materialdan bo‘lishi va omborning ichida shamolni esishi, ya`ni vintilyatsiya bo‘lishini oldi olinmagan. 0,4 kVli taqsimlash shkafidagi tok o‘tkazuvchi qisimlar qisqa tutashuv natijasada qizigan holda ekspluatatsiya qilinmoqda. Аvtomat o‘chirgichlar tartib asosida raqamlanmagan.

navoiy 02.jpg


  Tumandagi 36-sonli umum ta`lim maktabida ham bu kabi holatni ko‘rish mumkin. Ta’lim muassasasida 67,4 tonna yoqilg‘i olingan. Ayni kunda omborxona yo‘qligi sababli maktab hovlisida saqlanmoqda. Maktabda jami 7 dona qozonxona bo‘lib, KOM-80 rusumli isitish qozonlarida ta`mir ishlari boshlanmagan. “Ko‘mirdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma”ga ko‘ra ko‘mir yoqilg‘isini joylarda saqlash va undan oqilona foydalanishdagi talablari bajarilmagan. Isitish qozonlarida ta`mir ishlari boshlanmagan.

  O‘rganish davomida 87- sonli umum ta`lim maktabining isitish qozonlaridan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasini uzatishdagi d=32 mmli L=4,5 metrga teng bo‘lgan issiqlik quvurlari izolyatsiya qilinmagan holat ham aniqlandi. Shuningdek, 0,4 kVli taqsimlash qurilmalariidagi kabellar qisqa tutashuvdan so‘ng qizigan va izolyatsiya qismlari ochiq holda kelib qolgan. Maktabda 37 tonna yoqilg‘i olingan shundan 50 foizi yoqilg‘i omborxonaga joylashtirilgan qolgan qismi omborxona yo‘qligi sababli omborxona old qismda tushirib qoldirilgan. O‘quv ta`lim muassasi ikki korpusdan iborat bo‘lib uning eski binosi ya`ni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta`lim oladigan binosi uchun o‘quv xonalarini isitish maqsadida konditsionerlar o‘rnatilgan. Vaholanki, konditsioner qurilmasi pasportida ko‘cha ya`ni tashqi harorati -7S bo‘lganda binoning ichki haroratini isitishdagi quvvati yetishmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

  Tomdi tuman xalq ta`limi bo‘limi qarashli 1-sonli umum ta`lim maktabini ko‘zdan kechirish jarayonida muassasa binosini isitish maqsadida 8 dona “Burjuyka” pechlari o‘rnatilgan. Bu bilan “Ko‘mirdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma”ning ko‘mir yoqilg‘isiga utishda qozonni va pechni tanlash to‘g‘risidagi 5-bandi bajarilmagan.

  Shuningdek, 2- sonli umum ta`lim maktab internatidagi qozonxonada o‘rnatilgan elektr dvigatellari yerga ulash zaminlagichlari bilan ta`minlanmagan. 0,4 kVli taqsimlash qurilmalariida kalibrlangan standart saqlagichlar PN (predoxranitellar) o‘rniga qo‘lbola yasama simlar o‘rnatilgan holda ekspluatatsiya qilinmoqda. Taqsimlash qurilmalarida kuchlanish borligini bildiruvchi xafsizlik belgilari qo‘yilmagan. Yoqilg‘ini saqlashda maxsus omborxona yo‘qligi sababli qo‘l bola hisobida qurilgan ayvondan foydalanib kelinmoqda


navo +.jpg

 
Tumandagi 3-sonli maktabgacha ta`lim muassasasida 0,4 kVli elektr tarqatish qurilmalarida elektr ta`minotining bir chiziqli chizmasi mavjud emas. O‘rnatilgan avtomatlar va kabellarda montaj ishlari qoida talabari asosida bajarilmagan eshigida dispetcherlik nomlanishi yozilmagan elektro shitning ichki qismidagi himoya qopqoqlari mavjud emas va elektr qurilmalarida kuchlanish borligini bildiruvchi xafsizlik belgilari qo‘yilmaganligi aniqlandi.

  Ta`lim muassasida 59,04 yoqilg‘i olingan maxsus omborxona yo‘qligi sababli yoqilg‘i qo‘lbola usulda yasalgan avariya holatida kelib qolgan ustki qismi ochiq holda bo‘lgan binoda saqlanib ustki qismi somonloy bilan shuvalishi o‘rniga tuproq sepilgan.

  “O‘zenergoinspeksiya” Navoiy hududiy bo‘lim tomonidan ijtimoiy soha ob’ektlarida o‘tkazilgan o‘rganishlardagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mas’ul xodim tayinlanishi hamda belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi yuzasidan ularning yuqori turuvchi rahbarlariga 32 ta majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi va uning bajarilishi nazoratga olindi.


 “O‘zenergoinspeksiya” Matbuot xizmati


Ortga qaytish

Ҳужжатлар
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 2 февралда “Тошкент вилоятида қуввати 240 МВт бўлган навбатдаги иссиқлик электр станцияси қурилишини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-4971-сон қарори қабул қилинди. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 18 декабрда «Ҳудудларда муҳандислик-коммуникация инфратузилмасини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги ПҚ–4929-сонли қарори қабул қилинди. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 22 декабрда «Навоий вилоятида қуввати 500 МВт бўлган шамол электр станциясини қуриш» инвестиция лойиҳасини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги ПҚ–4933-сонли қарори қабул қилинди. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 10 августда “Сирдарё вилоятида қуввати 1 500 МВт бўлган янги иссиқлик электр станцияси қурилишини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ–4799-сон қарори қабул қилинди. Барча ҳужжатлар
Виртуал
Қабулхона
Мурожаатлар статистикаси
Oхирги ўзгартириш: 05.05.2020
Барча мурожаатлар
Жавоб берилган
Кўриб чиқилмоқда