Yangiliklar
Toshkent va Andijon shaharlarida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadonlar aniqlandi
12.06.2024 1

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda “O‘zenergoinspeksiya” va elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda “O‘zenergoinspeksiya” va elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.R. o‘z uyining yerto‘lasida 4 ta to‘plamdagi “Antminer” va “Bitmain Technologies” mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 236,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 
 
Bu kabi holat Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “Navbahor” hamda “Hamkorlik” MFY hududidagi xonadonda yashovchi 2 nafar fuqaro o‘z uylarida jami 11 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 159,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari fosh etildi. 
 
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Calendar of events

Calendar of events

    < 07 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun