Yangiliklar
Raqamlashtirish jarayonlari tanishtirildi
05.07.2024 1

Joriy yilning 4-8 iyul kunlari Davlat boshqaruv akademiyasida mamlakat energetika xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish yo‘nalishidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda.

Unda yoqilg‘i-energetika sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishiga mas’ul bo‘lgan viloyatlardagi prokuratura xodimlari, “O‘zenergoinspeksiya”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Hududgazta’minot”ning joylardagi boshqarma rahbarlari ishtirok etmoqda.

Seminarni tashkil etishdan maqsad yoqilg‘i-energetika xavfsizligini ta’minlash, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda soha ob’yektlarining kuz-qish mavsumida barqarorligini ta’minlashda mahallabay ishlash bo‘yicha yangicha yondoshuvlarga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat.

O‘quv-seminari davomida ishtirokchilar “O‘zbekneftgaz” AJga tashrif buyurib, Modellashtirish markazi, Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazi va Dispetcherlik xizmati faoliyatidagi raqamlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 07 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun