Yangiliklar
“O‘zenergoinspeksiya” murojaati: energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud
09.07.2024 1

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasidan o‘zboshimchalik bilan, ya’ni hisoblagichlarsiz foydalanish holatlari talqin qilinganligini kuzatilmoqda.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasidan o‘zboshimchalik bilan, ya’ni hisoblagichlarsiz foydalanish holatlari talqin qilinganligini kuzatilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-mayda “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 319-sonli qaroriga ko‘ra energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

Xususan, tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish o‘g‘rilik yoki oz miqdorda talon-taroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

Misol uchun: Agarda isteʼmolchi elektr taʼminoti shartnomasini tuzmasdan, elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari ulanish kabi qoidabuzarlik sodir etilganligi aniqlanganda, hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori amaldagi tarifga ko‘ra uch baravar o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llanilgan holda qayta hisob-kitob qilinadi.

Ushbu holat tijorat maqsadida sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 169-moddasiga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan. 

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Calendar of events

Calendar of events

    < 07 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun