Yangiliklar
Mavsumga tayyorgarlik: Energetika korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan taʼmirlash ishlarida bir qator kamchiliklar aniqlanmoqda
10.07.2024 1

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan energetika korxonalari tomonidan 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirilayotgan mukammal va joriy taʼmirlash ishlari ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan energetika korxonalarida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirilayotgan mukammal va joriy taʼmirlash ishlari ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

O‘tkazilgan o‘rganishlarda hududlar bo‘yicha belgilangan rejaga ko‘ra Toshkent magistral elektr tarmoqlari o‘chirgichlar taʼmiri 50 foizga va Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari kuch transformatorlarida esa taʼmirlash ishlari 75 foizga bajarilganligi maʼlum bo‘ldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonalarida rejalashtirilgan 94 ta 35-110 kV kuch transformatorlardan 40 tasida taʼmirlash ishlari yakunlangan.

Joriy va mukammal taʼmirlash ishlari hamda eksplutatsiya holati joylarga chiqib o‘rganilganda “HET” AJ va “O‘zbekiston MET” AJ tasarrufidagi energetika obyektlarida bir qator kamchiliklar aniqlanmoqda.

Xususan, Mirzaobod tuman elektr taʼminoti korxonasiga qarashli 35/10kVli “Uchtom”  podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli 10/0.4 kVli “Xloppunkt” havo tarmog‘iga ulangan taqsimlash shiti eshigi yo‘qligi, dispecherlik yozuvlari yo‘qligi, 10 kV PK saqlagichlar o‘rniga sim (juchok) o‘rnatilgan va ajratgichni yuritgichi mavjud emasligi hamda yuqori kuchlanishli kirish izolyatorlari himoya qobiqlari yo‘qligi maʼlum bo‘ldi.

Oqoltin tuman elektr ta’minotiga qarashli 110/35/10 kVli “Tinchlik” podstansiyasida sovutish ventelyatorlari nosoz hamda avtomatik rejimda ishlamaydi. Shuningdek, termosignalizatorlari nosoz holatda davlat qiyoslovidan o‘tkazilmagan, 10 kV chiqish izolyatorlariga ulangan tarmoq simlari qisqichlarsiz ulanganligi, transformatorlar moyi xromatograf tahlil qilinmaganlik kabi bir qator holatlar aniqlandi.

Bu kabi holatlarni 110/ 35/10 kVli  “Yangiyer” hamda Sirdaryo magistral elektr tarmoqlariga qarashli 220/110/10 kV “Go‘zal” podstansiyalarida ham mavjud.

Mazkur taʼmirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi masʼullarga ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.

Calendar of events

Calendar of events

    < 07 2024 >
    Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun