“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan kelgusi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini belgilangan meʼyorlarda olib borilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganilmoqda.
Xususan, viloyatida joriy yilda ta’minot korxonasi tomonidan 7 ta kuchlanishi 35-110 kV transformator va 625 ta kuchlanishi 6-10/0,4 kV transformator punktida normativ hujjatlarga asosan olib borilgan mukammal taʼmirlash ishlari ko‘rikdan o‘tkazildi.
Mazkur taʼmirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi masʼullarga ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.